1

Qoraqalpog`istonda “Orol artemiya sanoat” DUK tashkil etildi

Iqtisodiyot 13.07.2020, 20:18
Qoraqalpog`istonda “Orol artemiya sanoat” DUK tashkil etildi

“Qoraqalpog`iston Respublikasi Mo`ynoq tumani hokimligi huzurida “Orol artemiya sanoat” davlat unitar korxonasi faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi Hukumat qarori (438-son, 11.07.2020 y) qabul qilindi.

Qaror bilan Mo`ynoq tumani hokimligi huzurida “Orol artemiya sanoat” DUK tashkil etildi.

“Orol artemiya sanoat” DUKning asosiy vazifalaridan biri artemiya sistasini ovlash va qayta ishlashni kompleks rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, ushbu sohada ilmiy-texnik, texnologik, investisiya va eksport faoliyatini amalga oshirish hisoblanadi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi “Orol artemiya sanoat” DUKning muassisi hisoblanadi.

Shuningdek, qaror bilan “Orol artemiya sanoat” DUKning boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni 11 nafardan iborat bo`lgan tuzilmasi tasdiqlandi.

Eslatib o`tamiz, artemiya sistalari noyob jonzot hisoblanib, ulardan olingan mahsulotlar asosan akvamadaniyat sanoatida, agrosanoat kompleksida, farmasevtika, medisina va kosmetologiyada keng qo`llaniladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1