1

Ustyurtdagi konlardan qazib chiqarilayotgan tabiiy gaz va suyuq uglevodorodlar hajmi ortdi

Iqtisodiyot 14.07.2020, 17:40
Ustyurtdagi konlardan qazib chiqarilayotgan tabiiy gaz va suyuq uglevodorodlar hajmi ortdi

“O`zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi “Ustyurt gaz qazib chiqarish” boshqarmasidan magistral gaz quvurlarga uzatilayotgan tabiiy gaz sifatini O'zDST 948:2016 talablariga mos kelishi ta`minlandi va suyuq uglevodorodlar qazib chiqarish miqdori ko`paytirildi. Bu haqda jamiyatning Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Boshqarma tasarrufidagi konlardan tabiiy gaz va suyuq uglevodorodlar qazib chiqarish miqdorini ko`paytirish maqsadida “O`zbekneftgaz” AJ xodimlari tomonidan tabiiy gaz qazib chiqarish konlari, gaz etkazib berishga mo`ljallangan shleyf va kollektorlarning holatlari o`rganib chiqildi.

Bundan tashqari gaz kollektorlarining bosimlari, bosimlar bo`yicha hozirgi kundagi farqlar, texnologik suyuqliklarni gaz kollektorlarida yig`ilib qolishi mumkin bo`lgan joylar nazoratdan o`tkazildi.

Shuningdek, “Arslon”, “Sharqiy Berdaq” va “Shimoliy Berdaq” konlaridagi quduqlar va texnologik qurilmalarning ish rejimlari ham o`rganib chiqildi.

“Sharqiy Berdaq” koniga qarashli gazni kompleks tayyorlash 1,2,3,4-texnologik qurilmalari va turbodetandir agregatlarining texnologik rejimlariga o`zgartirishlar kiritildi.

Kondagi 1 va 4 qurilmalardagi issiqlik almashinish aparatining aylanma quvurlarida (baypas) foydalanilayotgan jihozlarning nosozliklari bartaraf qilinib, kunlik 10 tonnagacha suyuq uglevodorodlar ajratib olishga erishildi.

“Ustyurt gaz qazib chiqarish” boshqarmasiga qarashli konlar va inshootlar ma`muriy jihatdan Qoraqolpog`iston Respublikasining Mo`ynoq tumanida, tektonik joylashuvi Ustyurt mintaqasida joylashgan.

Boshqarma tasarrufida, hozirgi kunda 7 ta gazkondensatli konlar, 1 ta “Gazni dastlabki tayyorlash” va 3 ta “Gazni majmuaviy tayyorlash” hamda 3 ta “Siquv kompressor stansiyasi” mavjud.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1