1

Energetika vazirligi energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi

Iqtisodiyot 15.07.2020, 17:00
Energetika vazirligi energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi

“Energiyadan oqilona foydalanish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi Qonun (O`RQ-628-son, 14.07.2020 y.) Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Unga ko`ra, “Energiyadan oqilona foydalanish to`g`risida”gi Qonun (https://lex.uz/docs/10231) 11¹,11²,11³-moddalar bilan to`ldirildi.

Kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra, Energetika vazirligi energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi.

Shuningdek, Qonun bilan energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat tekshiruvi va nazorati organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari belgilab berildi.

O`z hududi doirasida energiyadan oqilona foydalanishni rivojlantirish bo`yicha hududiy dasturlarni va loyihalarni ishlab chiqish, tasdiqlash hamda amalga oshirish mahalliy davlat hokimiyati organlarining bu sohadagi  asosiy vakolatlaridan biri etib belgilandi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1