1

Dehqon bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari ma`lum qilindi

Iqtisodiyot 16.07.2020, 12:41
Dehqon bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari ma`lum qilindi

Markaziy dehqon bozorlaridagi alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari (14 iyul  holati bo`yicha) e`lon qilindi:

Mol go`shti (suyaksiz go`shtidan tashqari) 38 000 so`mdan 65 000 so`mgacha (kg)

1 kg mol go`shtining (suyaksiz go`shtidan tashqari) minimal narxi, Nukus shahrining "Nukus dehqon bozori" ning arzonlashtirilgan go`sht rastasida qayd etilgan (38 000 so`m).

Mol go`shtining maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, "Farhod dehqon bozori" va "Mirobod dehqon bozori" da kuzatilgan (65 000 so`m).

Qo`y go`shti 39 000 so`mdan 75 000 so`mgacha (kg)

Qo`y go`shtining minimal narxi Toshkent shahrining "Mirobod dehqon bozori" da (39 000 so`m) ro`yxatga olingan.

Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da(75 000 so`m) kzatilgan.

Kartoshka 1 500 so`mdan 6000 so`mgacha (kg)

Chirchiq shahrining "Chirchiq dehqon bozori" dasotuvda bo`lgan yirik bo`lmagan kartoshkaning narxi minimal narx sifatida (1 500 so`m) qayd etilgan. Shu bilan birga, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va "Mirobod dehqon bozori" da sotilgan saralangan kartoshkaning narxi maksimal narx sifatida (6000 so`m) qayd etilgan.

Piyoz 750 so`mdan 3 000 so`mgacha (kg)

Termiz shahrining "Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori" da sotuvda bo`lgan mayda piyozning narxi minimal narx sifatida (750 so`m) ro`yxatga olingan.

Maksimal narx sifatida esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va "Mirobod dehqon bozori" da sotuvda bo`lgan saralangan piyozning narxi kuzatilgan (3 000 so`m).

Sabzi 1 000 so`mdan 5 000 so`mgacha (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining "Nukus dehqon bozori" va Jizzax shahrining "Eski shahar dehqon bozori" da (1 000 so`m) qayd etilgan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrining "Mirobod dehqon bozori" da sotuvda bo`lgan tozalangan va saralangan sabzining narxi maksimal narx sifatida (5 000 so`m) ro`yxatga  olingan.

Tuxum 6 000 so`mdan 12 000 so`mgacha (10 dona)

Andijon shahrining "Yangi bozor dehqon bozori" va "Andijon shahar markaziy dehqon bozori", Samarqand shahrining" Siyob dehqon bozori", Guliston shahrining "Guliston dehqon bozori", Yangiyo`l shahrining" Ixtisoslashgan Yangiyo`l shahar dehqon bozori" va Toshkent shahrining “Farxod dehqon bozori”da sotuvda bo`lgan mayda tuxumning narxi minimal narx sifatida qayd etilgan (6 000 so`m).

Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va "Mirobod dehqon bozori" da qayd etilgan(12 000 so`m).

Guruch 4 700 so`mdan 18 000 so`mgacha (kg)

Guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining "Nukus dehqon bozori" da ro`yxatga olingan ("Nukus 2"navli guruch 4 700 so`m).

Maksimal narx esa, Toshkent shahrining "Mirobod dehqon bozori" da kuzatilgan ("Lazer" navli guruch 18 000 so`m).

O`simlik yog`i 8 400 so`mdan 14 500 so`mgacha (litr)

O`simlik yog`i mahsulotlarining minimal narxi Toshkent shahrining "Qo`yliq dehqon bozori" da (mahalliy paxta yog`i 8 400 so`m) kuzatilgan.

Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (kungaboqar yog`i 14 500 so`m) kuzatilgan.

Shakar 5 800 so`mdan 7 000 so`mgacha (kg)

Shakar mahsulotining minimal narxi Termiz shahrining "Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori" da, Guliston shahrining "Guliston dehqon bozori" da, Toshkent shahrining "Farhod dehqon bozori"," Mirobod dehqon bozori", "Eski jo`va dehqon bozori" va "Qo`yliq dehqon bozori" da (5 800 so`m) qayd etilgan.

Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”va "Mirobod dehqon bozori" da (7 000 so`m) kuzatilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1