1

O`zbekistonda COVID-19ga qarshi masofani saqlash haqida ogohlantiruvchi mobil ilova yaratildi

Hi-tech 16.07.2020, 18:48
O`zbekistonda COVID-19ga qarshi masofani saqlash haqida ogohlantiruvchi mobil ilova yaratildi

COVID-19 GA QARShI IJTIMOIY MASOFANI SAQLASh BO`YIChA OGOHLANTIRUVChI Self-Safety MOBIL ILOVASI YaRATILDI 

Sog`liqni saqlash vazirligi  Axborot texnologiyalar va kommunikasiyalarni rivojlantirish vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi  bilan hamkorlikda koronavirus infeksiyasi bilan to`qnash kelgan fuqarolarni ijtimoiy masofa saqlash bo`yicha ogohlantiruvchi Self-Safety mobil ilovasi yaratildi.  

COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda mobil ilovalardan foydalanish samaradorligi Janubiy Koreya, Singapur, Isroil, Italiya, Fransiya kabi  ko`plab boshqa davlatlar tajribasida isbotlandi. Bu turdagi ilovalar jamoat joylarida sizning xotirjamligingizni ta`minlaydi, yaqin kishilaringizni kasallik yuqtirib olish ehtimoli paydo bo`lganda ogohlantiradi.

Ilova mobil telefonning GPS va Bluetooth modullari yordamida  foydalanuvchilardan birida kasallik aniqlansa, bir daqiqa ichida barcha foydalanuvchilarni 5 metr radiusda kesishgan nuqtalarini solishtiradi. Kesishuv nuqtalari aniqlangach, mazkur joylarda 5 metrli radiusda bo`lgan barcha foydalanuvchilarga PUSH-xabarnoma ko`rinishida kasal bilan aloqada bo`lganlik ehtimoli to`g`risida va keyingi xatti-harakatlar bo`yicha tavsiyalar beradi.

Mobil ilova Android va iOS platformalarida mavjud bo`lib, www.coronavirus.uz veb-saytidagi havolalar orqali yuklab olish mumkin. Ro`yxatdan o`tishda ilova GPS va Bluetooth modullarini yoqib qo`yish lozim.

Ilova undan qancha ko`p odam foydalansa, uyidan tashqarida ushbu ilovani faollashtirsa, shuncha sifatli va yaxshi ishlaydi.

Shu o`rinda biz  mamlakatimiz aholisidan infeksiyani barvaqt aniqlash va tarqalishini oldini olish maqsadida Safe-Safety ilovasidan faol foydalanish, hukumat va tibbiyot xodimlariga COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashishda yordam berishga chaqirib qolamiz.  

Safe-Safety ilovasini onlayn magazinlar va www.coronavirus.uz veb-sayti orqali yuklab oling. O`zingiz va yaqinlaringizni COVID-19 xavfidan himoyalang!

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1