AsosiyDunyo

AQShda mo`riga tiqilib qolgan o`g`ri vafot etdi

AQShning Kaliforniya shtati Guron shahrida o`t o`chiruvchilar mo`riga tiqilib qolib, vafot etgan kishini chiqarib oldi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda. Vafot etgan kishi o`g`ri bo`lgan bo`lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

28 noyabr shanba kuni uy egasi kaminni yoqqan va mo`ridan kimningdir baqirgani eshitilgan.  Mo`rida kimdir borligini payqagan uy egasi tezda pechni o`chirgan va o`t o`chiruvchilarni chaqirgan.“Vafot etgan kishining mo`ri ichida qancha vaqt bo`lganini aniq bilmaymiz. Uy egasi narsalariga kimdir teginganini ham aytdi. Taxmin qilishimizcha, u mo`ri ichiga o`tgan kuni kechasi kirib olgan”, —dedi polisiyachi. O`t o`chiruvchilar etib kelishganida o`g`ri vafot etgan edi.  Ma`lum bo`lishicha, 19 yoshli  Kodi Kolduell tutundan zaharlanish oqibatida halok bo`lgan. So`nggi vaqtda aynan shu hududda joylashgan uylarda bir necha marta o`g`rilik sodir etilishi holatlari qayd etilgan. Polisiya vafot etgan o`g`rining bu ishlarga aloqasi bor yoki yo`qligini o`rganmoqda.  

    Boshqa yangiliklar