AsosiyIqtisodiyot

“O`zbekneftgaz”ning “Savatli” konida kunlik 200 ming kub metr tabiiy gaz va 1 tonna gaz kondensati olinadigan quduq o`zlashtirildi

'“O`zbekneftgaz”ning “Savatli” konida kunlik 200 ming kub metr tabiiy gaz va 1 tonna gaz kondensati olinadigan quduq o`zlashtirildi'ning rasmi

“O`zbekneftgaz” AJ “Gazli” neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Savatli” gazkondensat konidagi 7-sonli quduqda burg`ilash ishlari tugatilib, 2032–2037 metr oralig`iga perforasiya ishlari olib borildi. Bu haqda jamiyatning Matbuot xizmati xabar berdi.

Quduqni o`zlashtirish ishlaridan so`ng, kunlik 200 ming kub metr sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 1 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.

“O`zneftgaz burg`ilash ishlari” MChJ tomonidan burg`ilash ishlari olib borildi.

Shuni alohida ta`kidlash joizki, ushbu quduq “O`zbekneftgaz” AJning 2020 yilda o`z kuchi bilan burg`ilab ishga tushirishi ko`zda tutilgan 20 ta quduqdan biri hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar