AsosiyHi-tech

O`zbekistonda SARS-CoV-2 koronavirusini aniqlovchi 100 ming dona test tizimi ishlab chiqarildi

'O`zbekistonda SARS-CoV-2 koronavirusini aniqlovchi 100 ming dona test tizimi ishlab chiqarildi'ning rasmi

Innovasion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg`or texnologiyalar markazi biotexnologlari tomonidan COVID-19 kasalligini keltirib chiqaruvchi SARS-CoV-2 koronavirusini aniqlovchi test tizimi ishlab chiqilgani haqida xabar bergandik. Ayni kunlarda 100 ming dona test tizimini o`z ichiga olgan navbatdagi partiya ishlab chiqarildi, deb yozmoqda Innovasion rivojlanish vazirligi telegram kanali.

Ulardan 40 ming donasi Jizzax, Andijon va Toshkent shahri sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentlik laboratoriyalariga hamda Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentliklariga topshirildi. Qolgan 60 mingtasi ham boshqa viloyatlarga chiqariladi.

Hozirgi kunga kelib respublikamizda kuniga 20 000 test o`tkazilishga talab mavjud. Ilg`or texnologiyalar markazi olimlari tomonidan ishlab chiqilgan test sistemasi Markazning startaplaridan biri sifatida “Biotest- LAB” MChJ tomonidan ommaviy ishlab chiqarishga qo`yildi. Startap har hafta 100 mingtagacha test-sistemasi ishlab chiqarish quvvatiga ega.

    Boshqa yangiliklar