1

Vertu kompaniyasi yog`och elementli smartfonlarni keng ommaga taqdim etdi

Hi-tech 02.12.2015, 15:15
Vertu kompaniyasi yog`och elementli smartfonlarni keng ommaga taqdim etdi

Vertu kompaniyasi Yaponiyaning Yamaha konserni bilan hamkorlikda Aster Yosegi Wood yog`och bilan sayqal berilgan smartfonlar   to`plamini taqdim etdi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Yangi turdagi smartfonlarni kompaniya dizaynerlari yapon san`ati yosegi(Yog`ochdan mozaikalar yasash)dan ilhomlanib yaratdi.

To`plamdan 50 ta smartfon o`rin egallagan bo`lib, ularga tabiiy charmdan ishlangan g`ilof kiydirilgan.

 “ Biz o`z smartfonlarimizdan qimmatbaho xomashyodan foydalanibgina qolmay, ularning mustahkamligi, to`liq himoyalanganligi va o`zgacha tashqi ko`rinishiga ham e`tibor beramiz. Yog`och o`z navbatida ham ishonchli ham chiroyli tashqi ko`rinishga ega bo`lgan xomashyo sanaladi. U elektr tokini o`tkazmaydi va antenna ishlashiga xalaqit bermaydi”, —dedi  Vertu kompaniyasi dizayn bo`limi boshlig`i Xatch Xatchison.

Vertu o`zining ilk telefonini 2002 yilda ishlab chiqargan edi. Joriy yilda esa kompaniya dunyo bo`yicha 450 mingta qurilmalarini sotgan.

Noyabr oyining boshida kompaniya xitoylik investorlar bilan 200 million dollarlik shartnoma imzolashga muvaffaq bo`ldi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1