AsosiyJAMIYAT

Ehtiyojmand oilalarga doimiy g`amxo`rlik ko`rsatib kelayotgan hokim bu gal ham ularni hursand qildi

Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan aholining ehtiyojmand qatlamini har tomonlama...

'Ehtiyojmand oilalarga doimiy g`amxo`rlik ko`rsatib kelayotgan hokim bu gal ham ularni hursand qildi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan aholining ehtiyojmand qatlamini har tomonlama qo`llab-quvvatlashga alohida e`tibor qaratilib, xalqimizga xos bo`lgan xayr-saxovat, mehr-oqibat kabi insonparvarlik fazilatlarini o`zida mujassam etgan muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholining ko`makka muhtoj qatlamiga moddiy yordam va pul mablag`lari ajratilayotgani haqida ma`lumot bergan edik. 

Surxondaryo viloyati Qumqo`rg`on tumani Matbuot xizmatining “Darakchi”ga ma`lum qilishicha, tashabbuskor tuman hokimi Raxmatulla Gapparov tomonidan ham tumanga ajratilgan 737 million so`m mablag`ni 4 sektor hududida 61 ta mahallalardagi 737 ta kam ta`minlangan oilalarga 1 million so`mdan tarqatildi. Shuningdek, tashabbuslar qatorida hokim Raxmatulla Gapparov 1- sektor hududida joylashgan mahallalardagi turmush sharoiti og`ir oilalarga Prezident sovg`asi (1 million so`m) hamda bayram dasturxoniga go`sht, bir qop un, yog`, qishloq xo`jalik mahsulotlari ulashdi.

E`tiborli jixati shundaki, hokim tashabbusi bilan tumanda bugungi pandemiya sharoitida:

  • “Sahovat va ko`mak” jamg`armasi hisob raqamiga 270 mln so`mdan oshiq mablag`lar  kelib tushgan bo`lib, ushbu mablag`larga tumandagi mingdan ziyod ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari etkazish uchun sarflandi;
  • 244 ta oilaga 130 mln. so`mlik yordam va 246 mln. so`mlik chorva va parrandalar tarqatildi;
  • Tuman aholisi ist`emol ehtiyoji uchun qish mavsumi va kelgusi yil 1 maygacha bulgan davrga etadigan mikdorda 98,2 ming tonna 12 turdagi qishloq xo`jaligi mahsulotlari zaxirasi, 62,5 ming tonna oziq-ovqat zaxirasi hamda 56 ta dorixonada 125 turdagi dori-darmon zaxirasi etarlicha yaratildi;
  • “temir daftar”gakiritilgan kambag`al va pandemiya davrida daromad manbaini yuqotgan ehtiyojmand oilalar bilan ishlash tizimli yo`lga qo`yilib, 61 ta mahallalar kesimida shakllantirilgan 518 ta ehtiyojmand oilalarga g`alla maydonlaridan bo`shagan er maydonlaridan 0,30 sotixdan ajratilib, ularning takroriy ekin ekishi va yaxshi daromad olishi uchun barcha sharoitlar yaratildi;
  • “temir daftar”ga kiritilgan oilalardagi mehnatga layoqatli fuqarolarining 72 nafari Bandlik jamg`armasi tomonidan subsidiya ajratilib, 1,5 sotixdan issiqxonalar qurib berildi.
  • Homiylar ko`magi bilan 47 ta muhtoj oilalarga televizorlar sovg`a qilindi;
  • “Har bir oila tadbirkor dasturi” yo`nalishidan kredit olish istagini bildirgan 103 nafar fuqaroga 1 mlrd 64 mln so`m imtiyozli kreditlar ajratilib berildi hamda 50 nafar ayol tadbirkorlarimizga 1 milliard 600 million hunarmandchilik yo`nalishida imtiyozli kreditlar ajratib berildi;
  • Karantin sharoitida ish joylarini yo`qotgan fuqarolarni jamoatchilik yo`nalishi bo`yicha 1574 nafari ishga qabul qilindi.
  • Tumanda 10ta quduq qazish hisobiga qishloq xo`jaligida foydalinishdan (oborotdan) chiqqan 1189 gektar erni o`zlashtirilib, ushbu erlarda intensiv bog`lar va issiqxonalar tashkil etilgan. 

 

    Boshqa yangiliklar