1

Suv chiqarish vositalarini sotib olish va o`rnatish uchun subsidiya ajratiladi

Iqtisodiyot 03.08.2020, 23:35
Suv chiqarish vositalarini sotib olish va o`rnatish uchun subsidiya ajratiladi

“Suv ta`minoti og`ir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xo`jaligida foydalanilmayotgan er maydonlariga suv chiqarish ishlarini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risida” Hukumat qarori (459-son, 30.07.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, suv ta`minoti og`ir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xo`jaligida foydalanilmayotgan er maydonlarini sug`orish uchun vertikal sug`orish quduqlarini burg`ulash, daryolar, kanallar va boshqa suv ob`ektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va o`rnatishga davlat tomonidan subsidiya ajratiladi.

Subsidiyalar quyidagi shartlarda ajratiladi:

qishloq xo`jaligida foydalanilmayotgan har bir gektar erni foydalanishga kiritish xarajatlarining 50 foizi, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda;

aholi tomorqa erlarini sug`orish uchun chuqurligi 10 metrdan ortiq bo`lgan har bir vertikal quduqni burg`ulash va ishga tushurish xarajatlariga quduqning har bir metr chuqurligi uchun 100 ming so`mdan, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda;

kamida 30 ta aholi tomorqa erlarini sug`orish uchun vertikal sug`orish quduqlarini burg`ulash va ishga tushirish xarajatlarining 70 foizi, biroq 120 mln so`mdan oshmagan qismi qoplanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1