1

Chevrolet Cobalt yangicha ko`rinishga ega bo`ldi(FOTO)

Hi-tech 05.12.2015, 16:18
Chevrolet Cobalt yangicha ko`rinishga ega bo`ldi(FOTO)

Chevrolet Cobalt avtomobilining yangicha ko`rinishi taqdimotida Rio-de-Janeyro shahrida bo`lib o`tdi. Bu haqda “kolesa.ru” xabar bermoqda.

Avtomobilning tashqi ko`rinishi sezilarli darajada o`zgardi: oldingi va orqa yoritgichlari ancha toraydi, radiator panjarasi shakli ham o`zgacha bo`ldi. Umuman olganda, avtomobilning tashqi ko`rinishi ancha silliqlashdi.

Avtomobil salonidagi asosiy yangilik- uning iOS  va Android smartfonlari bilan ishlay oladigan MyLink multimediya tizimi bilan jihozlanganida deyish mumkin.

Chevrolet Cobalt`ning lyuks varianti esa toza charmli salon, orqani ko`rsatuvchi kamera, yorug`lik va yomg`ir datchiklari bilan ta`minlanishi ko`zda tutilgan.

Avtomobilning “yuragi” 1,8 litr hajmli va 108 ot kuchiga teng motor hisoblanadi.

Yangi Cobalt O`zbekistonda ishlab chiqarilishi hozircha noma`lum. Biroq yangi avtomobil yaqin kunlarda Rossiyada sotuvga chiqarilishi mumkin.

Bundan oldin esa AQShda Spark avtomobilining yangi avlodi namoyish etilgan edi.  

 

 

 
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1