1

Prezidentimiz sovg`alaridan barcha minnatdor

Jamiyat 06.08.2020, 13:51
Prezidentimiz sovg`alaridan barcha minnatdor

Yurtboshimizning qutlug` ayyom – Qurbon hayiti bayrami kuni oldidan hech bir ehtiyojmand oila e`tibordan chetda qolmasligi, kam ta`minlangan aholi qatlamiga ko`rsatilayotgan moddiy yordamning manzilli etib borishini ta`minlash yuzasidan bergan topshiriqlariga asosan 2020 yil 29-30 iyul kunlari sektor rahbarlari boshchiligida viloyatdagi kam ta`minlangan, nogironligi bor, yakka-yolg`iz yashovchi va o`zgalar madadiga muhtoj oilalarga xayriya mablag`larini tarqatildi.

Muhtaram Prezidentimizning bayram tuhfasi sifatida Buxoro viloyati bo`yicha 13544 ta kam daromadli “temir daftar”ga kiritilgan, pandimeya sababli daromadidan ayrilgan, ehtiyojmand oilaning 50 ming nafar a`zosi uchun ajratilgan 200 ming so`mdan, jami 10 mlrd. so`m pul mablag`lari sektor rahbarlari, korxona-tashkilot xodimlari va jamoatchilik vakillari ishtirokida manzilli ravishda tarqatildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyuldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo`llab-quvvatlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PF-6038-sonli Farmoniga asosan respublika miqyosida 400 ming ehtiyojmand oilalarning 1,7 mln. nafar a`zosiga 380 mlrd. so`m pul mablag`i tarqatilib, bir martalik moddiy yordam ko`rsatilishi belgilandi.

Ajratilgan mablag`larning, ehtiyojmand oilalarga, o`z vaqtida etib borishi Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan nazoratga olindi.

Qurbon hayiti-xalqimizning asrlar davomida sayqallanib kelayotgan insonparvarlik, saxovat, mehr-oqibat va odamiylik fazilatlarining ifodasidir. Hayit arafasida odamlar bir-birining holidan xabar olish, kambag`al va beva-bechoralarga muruvvat ko`rsatish, kasalmandlarning ko`nglini ko`tarishni odat qilishgan. Ayniqsa, Koronavirus pandemiyasi tufayli og`ir sharoitga tushib qolgan oilalar, ish o`rnini yo`qotgan va daromad manbaidan ayrilgan fuqarolar uchun Prezidentimiz tomonidan ko`rsatilgan yuksak darajadagi bu e`tibor ayni muddao bo`ldi.

Kam ta`minlangan ehtiyojmand oila vakillari Prezident sovg`asini olish jarayonlarida Prezidentimizga o`z minnatdorchiliklarini bildirib o`tdilar. “G`amxo`rlik uchun Prezidentga rahmat!" - deydi shofirkonlik kam ta`minlangan oila bekasi Shafoat Xolova u kishi tomonidan yuborilgan bayram sovg`asini qabul qilib olgach o`z shukronaligini bidirib.

“Yurtimiz tinch bo`lsin, yurtboshimizni umrlari uzoq bo`lsin” deydi yana bir ehtiyojmand oila a`zosi Qorako`l tumanida yashovchi I guruh nogironi N.Boltaev.

Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga moddiy yordam ajratilishi bilan bog`liq muammolar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkorlik bilan ko`rib chiqilishi tizimi yo`lga qo`yildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi va Buxoro viloyati Xalq qabulxonasi nazoratida kelib tushgan murojaatlarning barchasi shu kunning o`zida sektor rahbarlari va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda kӯrib chiqilib, moddiy yordam va zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari etkazib berish orqali ijobiy hal etilishi ta`minlandi. Fuqarolar murojaatlarini tezkorlik bilan kӯrib chiqilib, ijobiy hal qilib berilganligi sababli Prezidtimizga ӯz minnatdorchiliklarini bildirib tashakkurnomalar yozib berdilar.

 

 

                                                                                                                O`zbekiston Respublikasi Prezidentining

                                                                                                                Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1