1

IIB hamma joyi kaltaklanib mamataloq bo`lib ketgan buxorolik yigit haqida ma`lumot berdi

Jamiyat 06.08.2020, 16:51
IIB hamma joyi kaltaklanib mamataloq bo`lib ketgan buxorolik yigit haqida ma`lumot berdi

2020 yil 06 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Hamma joyi kaltaklanib mamataloq bo`lib ketgan Buxorolik yigit Prezidentga murojaat qilmoqda” deb izohlangan 59 soniyali videolavha yuzasidan Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati rasmiy ma`lumot berildi.

Ma`lumot berilishicha, 2020 yil 26 iyul kuni soat 00:45 da Jondor tuman IIB Navbatchilik qismiga fuqaro A.Q telefon orqali Jondor tuman Ho`jaxayron MFY Ho`jaxayron qishlog`ida yashovchi fuqaro D.Karimov mast holda yangasi G.Q.ning yashash uyiga kelib, tinchligini buzganligi sababli hududiy profilaktika inspektorini yuborishni so`ragan. Mazkur xabarnoma tegishli tartibda tuman IIBda qayddan o`tkazilib, profilaktika katta inspektori kapitan M.Ziyoev tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan.

Holat yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlarida  fuqaro Karimov Doston Ismat o`g`li spirtli ichimlik ichgan mast holatda shu qishloqda yashovchi G.Q ismli ayolning yashash uyiga borib tinchligini buzganligi aniqlangan. G.Q.ning turmush o`rtog`i hozirda ishlash maqsadida Rossiyaga ketganligi sababli u telefon orqali qaynukasi 1993 yilda tug`ilgan A.Q hamda 1977 yilda tug`ilgan qaynakasi S.Q.larni chaqirgan. A.Q. va S.Q.lar kelib D.Karimovni urib tan jarohati etkazganlar.

Fuqaro A.Q.ning tuman IIBga qilgan murojaati asosida IIB xodimlari voqea joyiga etib borib, D.Karimovning mastlik darajasini aniqlash maqsadida tuman narkologiya dispanseri ko`rigidan o`tkazishgan. (narkolog xulosasiga ko`ra D.Karimov alkogolli mastlik holatida ekanligi tasdiqlangan)

Fuqaro D.Karimov 27 iyul kuni soat 12:30 da olgan tan jarohati bo`yicha tuman kasalxonasiga murojaat qilgan. Mazkur xabarnoma tegishli tartibda tuman IIBda qayddan o`tkazilib, shu kunning o`zida fuqaro D.Karimovga nisbatan olgan tan jarohatlarining og`irlik darajasini aniqlash bo`yicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Fuqaro D.Karimov sud-tibbiy ekspertizasi ko`rigidan o`tishni rad qilib, shu kunga qadar STE ko`rigidan o`tmasdan kelgan.

O`zbekiston Respublikasi JPK talablariga muvofiq fuqaro D.Karimovni sud-tibbiy ekspertizasi ko`rigidan o`tishini ta`minlash maqsadida 2020 yil 05 avgust kuni xabarnoma yuzasidan surishtiruv muddati tuman prokurori tomonidan 10 kunga uzaytirilgan.

Hozirda holat yuzasidan Jondor tumani IIB Tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1