1

Shahrisabzda o`zini uch farzandi va xotiniga qo`shib yoqib yuborgan erkak fojiasi haqida qo`shimcha tafsilotlar ma`lum bo`ldi

Jamiyat 07.08.2020, 09:07
Shahrisabzda o`zini uch farzandi va xotiniga qo`shib yoqib yuborgan erkak fojiasi haqida qo`shimcha tafsilotlar ma`lum bo`ldi

Qashqadaryo viloyat prokuraturasi avtomobilida o`ziga qo`shib uch nafar farzandi va turmush o`rtog`ini yoqib yuborgan shahrisabzlik erkak voqeasiga munosabat bildirib, hokim va IIB boshlig`i o`rinbosari, MFY raisi hamda profilaktika inspektoriga intizomiy chora ko`rish masalasi ko`rib chiqilayotganini ma`lum qildi. Bu haqda «Daryo» yozdi.

Jasur Shukurovning ma`lumot berishicha, Shahrisabz shahrida yashagan N.S. 2020 yilning 30 iyul kuni turmush o`rtog`i Z.O. hamda farzandlari bilan o`ziga tegishli avtomashinada tog`asining uyidan qaytayotgan vaqtda turmush o`rtog`i bilan tortishib qoladi. Fuqaro oilaviy janjal sabab avtomobilini yo`l chetida to`xtatib, eshiklarini qulflagan holda mashinada bo`lgan benzin yoqilg`isini o`zi, turmush o`rtog`i va farzandlarining ustiga sepib, yoqib yuborgan.

Hodisa joyiga etib kelgan fuqarolarning ko`magi bilan N.S, turmush o`rtog`i Z.O, o`g`li I.N va qizi S.K.lar tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.

Biroq, haydovchining qizi Sh.K. avtomashinada qolib ketganligi sababli hodisa joyida vafot etgan. N.S.ning o`zi, turmush o`rtog`i va farzandlari ko`rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan shu kuni tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo`limida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi bilan (Qasddan odam o`ldirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan bo`lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, o`rganishlar davomida Shahrisabz shahar hokimi o`rinbosari, Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash bo`limi boshlig`i Sh.Rahmonova, shahar IIB boshlig`i o`rinbosari N.Eshmurodov, «Guliston» mahalla fuqarolar yig`ini raisi H.Omonov va hudud profilaktika inspektori J.Mo`minovlar o`ziga yuklatilgan vazifani bajarmaganligi, oilada sodir etilayotgan janjallarning tub sabablarini o`rganib, bartaraf etish choralarini ko`rmagani aniqlanib, ularni intizomiy javobgarlikka tortish haqida ish qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1