Toshkentda 26 yoshli qiz kechadan buyon qidirilmoqda. Uni oxirgi marta go`zallik salonida ko`rishgan

Jamiyat 07.08.2020, 19:03
Toshkentda 26 yoshli qiz kechadan buyon qidirilmoqda. Uni oxirgi marta go`zallik salonida ko`rishgan

Olmazor tumani, “Shifokor” mahallasi, 8-uy, 59-xonadonda yashagan, 1994 yilda tug`ilgan Iskandarova Mexribonu Tuxtasin qizi, 2020 yilning 6 avgust kuni taxminan soat 8.30 larda uyidan yaiqib ketib, qaytib kelmagan. Shu munosabat bilan Toshkent shahar IIBB ushbu fuqaroning topilishida jamoatchilikdan yordam so`ramoqda. 

Oxirgi ma`lumotga ko`ra, u Chilonzor tumani “S” mavzesidagi kosmitologiya salonida bo`lgan. Qiz soat 10.30 da salondan chiqib, yo`l tarafga ketganligi tashqi kuzatuv kameralarida qayd etilgan. 

Belgilari: bo`yi 160 sm, ko`zi qora, sochi uzun va to`q jigarrang rangli.

Egnidagi kiyimi: havorang rangli ko`ylak va jinsi shim, qaymoq rangli mokasima. 

Hurmatli Toshkent aholisi va mehmonlar! Agar Siz Mexribonu Iskandarovani ko`rgan bo`lsangiz, yoki uning qaerda ekanligi haqida biror ma`lumotga ega bo`lsangiz: 71-278-58-40 (Chilanzor tuman IIO FMB), 71-230-50-85 (Olmazor tumani OII FMB), +998-90-973-64-68 (qizning yaqinlari), 71-232-30-40, 71-232-40-50 yoki 102 telefon raqamlari orqali xabar berishingizni so`raymiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1