1

Jizzaxlik yigit Toshkent ko`chalarida nega yalang`och yurganini gaprib berdi

Jamiyat 11.08.2020, 16:37
Jizzaxlik yigit Toshkent ko`chalarida nega yalang`och yurganini  gaprib berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir yigit ko`chada yalang`och yurgani aks etgan video tarqaldi.  Bu vaziyatga Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy munosabat beldirdi.
Aniqlanishicha, ushbu videodagi yigit  22 yoshli jizzaxlik Islom X. bo`lib,10 avgust kuni taxminan soat 16.30 da Chilonzor tumanidagi Muqimiy ko`chasida  kiyimsiz yurgani aniqlangan. 

 Shu atrofda xizmat olib borgan IIV xodimi yigitni ko`rib qolib, hududiy bo`linmalarga xabar bergan. Voqea joyiga PPX avtoekipaji va profilaktika inspektori etib kelib, Islomni Chilonzor tumani IIO FMB 3-son IIBga etkazishdi.

Suhbat davomida ma`lum bo`lishicha, Islom mast holatdaligida tanishi bo`lgan qiz bilan janjallashib qolgan. So`ng o`z kiyimlarini echib, ko`chada sayr qilishni boshlagan.


Mazkur fakt bo`yicha unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 183 moddasi (“Mayda bezorilik”) bo`yicha ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1