AsosiyJamiyat

15 avgustdan avtomobillar kun bo`yi, 17 avgustdan esa hududlar o`rtasida yurishi mumkin — Prezident

'15 avgustdan avtomobillar kun bo`yi, 17 avgustdan esa hududlar o`rtasida yurishi mumkin — Prezident'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev hududlarda sanoatni rivojlantirish masalalari bo`yicha videoselektor yig`ilishi o`tkazmoqda, deya xabar qilmoqda Prezident Matbuot xizmati.

Davlatimiz rahbari tadbir boshida koronavirus pandemiyasi bilan bog`liq vaziyatga to`xtalib o`tdi. Jumladan, oxirgi bir oyda barcha hududlarda davolash o`rinlari va nafas berish apparatlari soni bir necha barobar ko`paytirilgani, muolaja qilish usullari yangilangani hamda tez tibbiy yordam xizmati kuchaytirilgani qayd etildi. Bularning natijasida mamlakatimiz bo`yicha koronavirusdan sog`ayish ko`rsatkichi 59 foizdan 77 foizga etdi. Virus yuqtirganlar soni 32 mingdan oshgan bo`lsa-da, ularning 25 mingdan ziyodi sog`aygan, 7 ming bemor davolanmoqda.

– Har bir fuqaromiz sog`lig`i va hayoti uchun kurashni yanada kuchaytirgan holda, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarning barqaror ishlashini ta`minlash, aholining yashash sharoitini engillashtirish maqsadida karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatish zarur. Xalqimizning o`zi shuni iltimos qilmoqda, – dedi Shavkat Mirziyoev.

Shuni hisobga olib, 15 avgustdan avtotransport vositalarining kun davomida yurishi, mahalliy avia va temir yo`l qatnovi uchun ruxsat berish kerakligi aytildi. 

17 avgustdan hududlar o`rtasida avtotransport qatnovi, jamoat transporti (metropolitendan tashqari) va shahar atrofidagi avtobuslar qatnovi tiklanishi belgilandi.

    Boshqa yangiliklar