AsosiyJamiyat

Olimpiya zaxiralari maktab-internatlari negizida olimpiya zaxiralari kollejlari tashkil etiladi

'Olimpiya zaxiralari maktab-internatlari negizida olimpiya zaxiralari kollejlari tashkil etiladi'ning rasmi

“Olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori (480-son, 12.08.2020 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi "Huquqiy axborot kanali xabar bermoqda. 

Qarorga muvofiq, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari negizida olimpiya zaxiralari kollejlari tashkil etiladi.

 Ushbu kollejlar faoliyati 2020/2021 o`quv yilidan boshlab yo`lga qo`yiladi.

Qarorga ko`ra, mazkur kollejlarda ta`lim jarayoni ikki bosqichda: umumiy o`rta ta`lim (VII-XI sinflar) hamda o`rta professional ta`lim (XI sinfdan keyingi bir yillik ta`lim) bosqichlarida amalga oshiriladi.

 Shuningdek, ushbu kollejlarda 2020/2021 o`quv yilidan futbol bo`limlari tashkil etiladi va ularda futbol bo`yicha mutaxassislar (sportchilardan tashqari) tayyorlanadi.

 Qaror bilan Olimpiya zaxiralari kollejiga o`quvchilarni qabul qilish, attestasiyadan o`tkazish va ularning o`qishini ko`chirish tartibi to`g`risida nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko`ra, o`quvchilar kollejga 7-sinfdan tanlov asosida qabul qilinadi.

 Tanlov kasbiy (ijodiy) imtihonlar asosida ikki bosqichda: umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.

 Kollej bitiruvchilariga o`rta professional ta`lim bosqichini tamomlaganlik to`g`risida beriladigan diplom kelgusida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradi.

    Boshqa yangiliklar