JICA ko`magida 19 nafar o`zbekistonlik Yaponiyaning etakchi universitetlariga o`qishga yuboriladi

Jamiyat 14.08.2020, 14:28
JICA ko`magida 19 nafar o`zbekistonlik Yaponiyaning etakchi universitetlariga o`qishga yuboriladi

“O`zbekiston Respublikasi vakillarining o`qishini tashkil etish uchun Yaponiya Hukumati grantidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori (478-son, 12.08.2020 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma`lum qildi. 

 Qarorga ko`ra, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ko`magida O`zbekiston vakillarining 2020-2021 yillarda Yaponiya etakchi universitetlari magistraturasi va doktoranturasida o`qishi uchun Yaponiya Hukumati tomonidan 263 mln. yapon yeni (2,48 mln AQSh dollari ekvivalentida) miqdorida grant ajratilgan.

 Ushbu grantlar asosida o`qish uchun (magistraturada 18 nafar va doktoranturada  1 nafar) talabgorlar davlat boshqaruvi organlari, xo`jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida mehnat qilayotganlar orasidan tanlab olinadi.

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligiga Yaponiya tomoni bilan kelishgan holda loyihani amalga oshirish doirasida grant olish va unga xizmat ko`rsatish bilan bog`liq tartibotlarni rasmiylashtirish yuklatildi.

Ma`lumot uchun, JICAning “Kadrlar tayyorlash uchun stipendiyalar taqdim etish loyihasi” doirasida o`tgan 2 yil davomida 34 nafar O`zbekiston vakillari Yaponiyaning etakchi universitetlariga o`qishga yuborildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1