1

Zarina bilan Parizoda nimadan afsusda?

SUG'DIYONA 10.12.2015, 10:42
Zarina bilan Parizoda nimadan afsusda?

Ish faoliyatida muhim o`rin tutadigan san`atkorlarning sun`iy go`zallik haqidagi fikri bilan ham qiziqib ko`rdik.

Zarina Nizomiddinova, aktrisa: — Rostini aytsam o`zimga zeb berib, pardoz qilib yurishni yaxshi ko`raman. Kichikinaligimdan shunga o`rganganman. Sababi xoreografiyada o`qib yurgan kezlarimda ustozlarimiz sahnaga pardozsiz chiqishga ruxsat bermasdi. Qoshimning tuzilishini biroz o`zgartirish uchun bir marta «rastushyovka» qilganman. Biroq ikkinchi bor bu ishga qo`l urmayman. Kimyoviy muolajalarning zarari bor degan gap rost shekilli, «rastushevka»dan so`ng qoshlarim to`kila boshladi.

Parizoda, raqqosa: — Qoshimni «rastushevka» qilganman. Lablarimga ham maxsus gel bilan ishlov berilgan. Bu ikkala muolajani amalga oshirganimga ancha bo`ldi. Kosmetologiya sohasida bu yangilik kashf qilinganida qiziqib o`zimda sinab ko`rganman. Ammo bu ishimdan hozir afsuslanaman. Chunki tabiiy go`zallikka hech narsa etmaydi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1