"T. Bobolov Termiz xalqaro aeroportida viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat hokimi o`rinbosarlari va boshqa mutasaddilar bilan muloqot o`tkazib, vohada olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, koronavirus pandemiyasini jilovlash, aholi salomatligini muhofaza qilish, pandemiya sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarning barqaror ishlashini ta`minlash hamda boshqa zarur masalalar hususida atroflicha fikr almashdi. Viloyat hokimi yangi g`oyalar bilan o`z vazifasini bajarishga kirishdi", deyiladi viloyat Matbuot xizmati xabarida.







