Avval xabar qilganimizdek, ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolovning vafot etgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Bu xabarlar hech qanday asosga ega emas, xabarlarni rad etdi Buxoro viloyat hokimligi matbuot xizmati.
"Karim Kamolov hozirda poytaxtdagi shifoxonada davolanmoqda. Uning salomatligi malakali shifokorlarning nazoratida.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, blogerlardan yolg`on xabarlar tarqatmaslikni so`raymiz", deyiladi rasmiy xabarda.






