Humans kompaniyasi O`zbekistondagi beshinchi uyali aloqa operatoriga aylandi. 19 avgustdan 15 sentyabrga qadar kompaniya SIM-karta va bank kartalariga oldindan buyurtma olishni boshlaydi.
2020 yilning avgust oyida Humans O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlanitirish vazirligidan AA 0007069 - sonli lisenziyani oldi. 19 avgustdan 15 sentyabrga qadar kompaniya SIM-karta va bank kartalariga oldindan buyurtma olishni boshlaydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qilgan.
Humans kompaniyasi ikki oylik faoliyati yakunlari va yaqin kelajakdagi rejalarini e`lon qildi. E`lon qilingan yangi mahsulotlar qatoridan mobil aloqa operatori xizmati, bank kartasi hamda mahsulotlar va xizmatlarning onlayn vitrinasi o`rin olgan. Kompaniya, shuningdek, o`zining har bir sodiq mijoziga 15 ming so`m miqdorida keshbek taqdim etdi.
“Avvalom bor, Humansning O`zbekistondagi mavqeiga aniqlik kiritmoqchiman. Biz - beshinchi uyali aloqa operatorimiz. Kompaniya o`z faoiyatini boshlash uchun barcha ruxsatnomalarni (lisenziyalar) qo`lga kiritdi. Biz O`zbekistonda mobil aloqa aynan qanday bo`lishi bilan bog`liq tasavvurni butunlay o`zgartiramiz. Siz o`zingizga qancha trafik kerakligini o`zingiz belgilashingiz mumkin: kam daqiqa, ammo ko`p gigabayt yoki aksincha, ko`p daqika va kam gigabayt. Siz trafik paketidan butunlay voz kechishingiz mumkin yoki aksincha, uch, o`n va o`ttiz kunga cheksiz trafikni ulash imkogniga ega bo`lasiz. Shuningdek, biz foydalanuvchilarimizga messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar, musiqa ilovalari va video-servislariga cheksiz kirishni sotib olish imkonini beramiz. Masalan, 25 ming so`m evaziga bir oyga cheksiz Instagram va cheksiz YouTubeni ulash mumkin bo`ladi.
Afsuski, karantin cheklovlari va ofisning masofaviy ishlash tartibi loyihaning muddatida ishga tushirilishiga ta`sir qildi. Shu bois, Humans pulli uyali aloqa operatori xizmatlari va bank kartalaridan foydalanish sentyabr oyida boshlanadi. 15 sentyabrga qadar oldindan buyurtma berishni qo`llagan har bir mijoz uchun depozit evaziga cheksiz aloqa taqdim etiladi. Xizmatni ulaganlar esa, ularning depozitida 300 ming so`mdan kam bo`lmagan mablag` evaziga bir oy davomida cheksiz va tekin aloqadan foydalanish imkonini qo`lga kiritadilar,” – deydi, Humans asoschisi va rahbari Vladimir Dobrnin.
Humans SIM-kartlari va bank kartalari uchun oldindan buyurtma berish 19 avgustdan boshlanadi. Tanlash va buyurtma berishni HUMANS.uz ilovasi yoki sayt orqali amalga oshirish mumkin.
Humans bank kartasi - VISA to`lov tizimi hisobida o`zbek so`mi mavjud bo`lgan O`zbekistondagi yagona karta turidir. Ushbu karta nafaqat O`zbekistonning barcha do`konlarida, balki xorijda ham to`lovlarni amalga oshirish uchun qabul qilinadi.






