AsosiyJamiyat

Ertaga — 20 avgust kungi charter reyslar jadvali e`lon qilindi

'Ertaga — 20 avgust kungi charter reyslar jadvali e`lon qilindi'ning rasmi

Ertaga — 20 avgust kungi charter reyslar jadvali e`lon qilindi:

Toshkent – Sankt-Peterburg –Toshkent

Ushbu reyslarga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro`yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro`yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi. O`zbekiston yoshlari umumjahon assosiasiyasi axborot xizmati xabar berdi.

Ro`yxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo`yiladi.

 Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo`ladi.

O`zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar o`z xohishiga ko`ra, 14 kunlik karantin muddatini davlat tomonidan bepul ta`minlanadigan karantin markazlarida yoki pullik mehmonxonada o`tkazishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar