AsosiyJamiyat

19 avgust — Xalqaro insonparvarlik yordami kuni

'19 avgust — Xalqaro insonparvarlik yordami kuni'ning rasmi

BMT Bosh Assambleyasining 2008 yil 11 dekabrdagi 63-sessiyasida qabul qilingan A/RES/63/139 sonli rezolyusiyasiga asosan 19 avgust Xalqaro insonparvarlik yordami kuni (World Humanitarian Day) deb e`lon qilingan. 
2003 yil 19 avgust kuni BMTning Bag`dod shahridagi vakolatxonasida yuz bergan terrorchilik harakati natijasida 22 nafar inson hayotdan ko`z yumgan, ular orasida tashkilotning taniqli vakili Serjiu Vieyra di Mellu ham bor edi. 

Ushbu kunda o`z insonparvarlik burchini bajarish yo`lida jonini fido qilganlar, millionlab insonlarga insonparvarlik yordami ko`rsatayotganlar e`tirof etiladi.

Shuningdek, ushbu kun dunyo bo`ylab ko`plab odamlarda insonparvarlik yordamiga doimiy ehtiyoj borligini va bu borada xalqaro hamkorlik qilish muhimligini eslatib turadi.
 

    Boshqa yangiliklar