2020 yil yanvar-iyul oylarida O`zbekiston 3,2 mlrd dollarlik oltin eksport qildi.
Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlari ko`ra, 2019 yil yanvar-iyul oylariga nisbatan o`sish 95,3 foizni tashkil etdi. 2020 yil yanvar-iyul oylarida esa O`zbekistonning eksport tarkibida oltinning ulushi 39,8 foizga teng bo`ldi.
Ta`kidlab o`tish joizki, so`nggi yillarda O`zbekiston oltin eksportini oshirdi. Oltin eksporti 2015 yilda 823,9 million dollardan, 2016 yilda 738,2 million dollardan, 2017 yilda 1,6 milliard dollardan, 2018 yilda 2,91 milliard dollardan va 2019 yilda 4,9 mlrd dollardan ortiqroqni tashkil etdi.
Avvalroq O`zbekiston 6 oyda 2,1 mlrd dollarlik oltin eksport qilgani, eksport tarkibida oltinning ulushi 33,8 foizga teng bo`lgani ma`lum qilingandi.






