Nyu-York shahrida noma`lum shaxslar tomonidan qiymati bir necha million dollarga teng qimmatbaho toshlar o`g`irlandi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.
Zargar Jonatan Birnbaxning polisiyaga ma`lum qilishicha, u 9 dekabr, chorshanba kuni idorasidagi seyfdan qimmatbaho toshlar yo`qolganini payqagan. Yo`qolgan olmoslarning qiymati 5 milliondan 10 million dollargacha bo`lishi mumkin.
Zargar olmoslar seyf ichidagi uchta taxta qutida saqlanganini ham qo`shimcha qilgan. U qimmatbaho toshlar bilan muntazam ravishda ishlamaganligi uchun olmoslarning yo`qolganini darhol sezmagan bo`lishi mumkin.
Ma`lumotlarga ko`ra, boshqa turdagi toshlarni oson olish uchun seyf ish vaqtida ochiq turgan. Qimmatbaho toshlar yo`qolgan paytda bino ichida ustalar ishlayotgan bo`lgan. Hozirda ular ham tergovda ishtirok etmoqda.