Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda xotinini ayovsiz kaltaklayotan erkak holati aks etgan video tarqalgan edi.
Shundang so`ng, Samarqand viloyati IIB voqeaga aniqlik kiritib, ayol himoyaga olingani haqida xabar qildi.
Samarqand viloyat IIB axborot xizmatining ma`lum qilishicha, erkakning qilmishi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, jinoiy jazodan qo`rqib, yashirinishga uringan.
Ayni paytda qochoq Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB xodimlarining tashabbusi bilan Toshkent shahrida qo`lga olingani xabar qilindi.






