AsosiyJamiyat

Koronavirusga qarshi kurashishga ko`maklashish uchun turkiyalik mutaxassislar kelmoqda

'Koronavirusga qarshi kurashishga ko`maklashish uchun turkiyalik mutaxassislar kelmoqda'ning rasmi

Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Axborat xizmati xabar berdi.

Unda aytilishicha, bugun Turkiyadan 16 nafar tajribali mutaxassislardan iborat tibbiy guruh koronavirusga qarshi kurashda yurtimiz mutaxassislari bilan hamkorlikda faoliyat ko`rsatish va tajriba almashish uchun mamlakatimizga tashrif buyuradi.

Turkiyalik shifokorlar tashrif davomida yurtimiz shifokorlari bilan birgalikda yurtimizning qator hududlaridagi ixtisoslashgan shifoxonalar, tibbiy markaz va laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishish, kornovirusga chalingan bemorlarni davolashda faol ishtirok etishlari ko`zda tutilgan.

 

    Boshqa yangiliklar