AsosiyJAMIYAT

Toshkent erusti halqa metrosining birinchi bosqichi ishga tushdi

Toshkent erusti halqa metrosining birinchi bosqichi ishga tushdi. Prezident Shavkat Mirziy...

'Toshkent erusti halqa metrosining birinchi bosqichi ishga tushdi'ning rasmi

Toshkent erusti halqa metrosining birinchi bosqichi ishga tushdi. Prezident Shavkat Mirziyoev bugun bu erga tashrif buyurib, jamoatchilik bilan birga poezdda yurdi, deb xabar bermoqda Prezident.uz.

«Do`stlik-2» bekatidan «Qo`yliq» bekatigacha bo`lgan mazkur yo`nalish uzunligi 11 kilometr bo`lib, 7 ta bekat barpo etilgan. Ushbu yo`nalish kuniga 46 ming yo`lovchiga xizmat ko`rsatish imkoniyatiga ega.

«Qo`yliq» bekatida keyingi bosqichlar qurilishi bo`yicha taqdimot o`tkazildi.

Birinchi bekatdan oxirgisigacha 19 daqiqada etib olish mumkin. Bu masofada har biri 4 ta vagondan iborat 4 ta poezd qatnaydi. Ushbu yo`nalish kuniga 46 ming yo`lovchiga xizmat ko`rsatish imkoniyatiga ega.

Bekatlar milliy kolorit asosida, o`ziga xos dizaynda qurilgan. Ular yo`lovchilarga qulaylik yaratuvchi zamonaviy texnologiyalar, yo`l kira haqini elektron to`lash imkonini beruvchi turniketlar, eskalator bilan jihozlangan. 225 ta yangi ish o`rni yaratilgan.

Erusti halqa metrosi loyihasining umumiy qiymati 422 million dollardan ziyod bo`lib, beshta bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ikkinchi bosqichda Qo`yliq bozori bilan Toshkent erosti metrosining “Olmazor” bekati bog`lanadi. Uchinchi bo`lib “Beruniy”, undan keyin “Bodomzor” bekatigacha bo`lgan qism quriladi. So`nggi bosqichda esa halqa metro liniyasi yana “Do`stlik” bekatiga ulanadi. Bu yo`llarning jami uzunligi qariyb 55 kilometr, bekatlar 35 ta bo`ladi.

 

 

    Boshqa yangiliklar