AsosiyJamiyat

Bosh prokuratura boshiga xalta kiygizib, vertolyotda olib ketilgan bloger haqida ma`lumot berdi

'Bosh prokuratura boshiga xalta kiygizib, vertolyotda olib ketilgan bloger haqida ma`lumot berdi'ning rasmi

Iyun oyida bo`lib o`tgan Bosh vazir bilan uchrashuvda hokimni o`zgartirishni so`ragan so`xlik bloger Dadaxon Haydarov 10 sutkaga qamoqqa olingan. «Gazeta.uz» ga blogerning otasi Sherali Eraliev 22 avgustdan buyon o`g`lining qaerda ekanligini bilmasligini aytgan.

 

Sherali Eraliev ayoli Aziza Eralieva bilan So`x tumani «Navobod» mahallasidagi uyi yonida.

«U payt o`g`lim uxlayotgan edi. Uyimizga uch nafar ichki ishlar xodimi, mahalla vakili, „uchastkavoy“ va yana bir fuqaro kiyimidagi kishi keldi. Hammamiz tashqariga chiqdik, men tashriflarining sababini so`radim. Ular o`g`limning bloger ekanligini va ular uning faoliyatini tekshirish uchun uni olib ketishlari kerakligini aytishdi. Tekshiruv ishlaridan keyin uni qo`yib yuborishga va`da berishdi. Biz ishondik va havotirga tushmadik. Keyin uni engil mashinada olib ketishdi, menimcha Nexia edi», — dedi u.

Keyinroq mahalla qo`mitasi xodimi blogerning onasiga qo`ng`iroq qilgan va o`g`lining ishiga e`tiborli bo`lishlari kerakligini aytgan.

So`x tumani IIB.

 

«1−2 soatdan keyin men milisiya bo`limi ro`parasidagi madaniyat uyida bo`lib o`tgan yig`ilishga borish uchun markazga ketdim. Shu payt men fuqaro kiyimida yurgan, o`g`limni olib ketgan xodimni ko`rdim. O`g`lim qaerda ekanligini so`radim. U hozir madaniyat uyida yig`ilish bo`lib o`tayotganiligini, o`g`lim shundan keyin chiqishini aytdi. Buni eshitib biroz tinchlandim. 11:00da yig`ilish tugadi, lekin hech kim chiqmadi. Milisiya bo`limida u erda hech kim yo`qligini aytishdi. Tanishlarim ham uni milisiyada emasligini aytishdi», — deydi Sherali Eraliev.

Uning so`zlariga ko`ra, kechga yaqin, 17:00—18:00 atrofida, u ayoli bilan yana So`x tumani ichki ishlar bo`limiga borgan. IBB boshlig`i Qosimjon Rahimberdiev ularning o`g`lini va boshqa hibsga olinganlarni Farg`onaga olib ketishganini aytgan.

«Biz nima bo`lganini tushunmadik. Ertalabgacha kutdik. Ertalab Dadaxonning o`zi telefon qildi. U Farg`onada, holasinikida edi. U uni milisiyaga olib kelishganini, keyin boshiga xalta kiygizib, vertolyotda olib ketishganini aytdi. 5−10 minutdan so`ng u ko`zini ochsa, u Farg`onada ekan. U erda uni kechgacha so`roq qilishgan va ertaga tekshiruv uchun yana 10:00 kelishini aytib, qo`yib yuborishgan. U u erga ertalab borgan va menimcha, uni hibsga olishgan. Biz uni shundan beri ko`rganimiz yo`q, hech qanday xabar yo`q», — dedi blogerning otasi.

Sherali Eraliev ayoli bilan Farg`onaga borishgan, davlat advokati Shoira Abdurazzoqova bilan ko`rishishgan va advokatlik xizmatlarini ko`rsatish uchun u bilan shartnoma tuzishgan (2 mln so`mga).

«U bu ishning ba`zi detallarini so`zlab berdi va qaysi moddalarga ko`ra ayblanayotganini aytdi — Jinoyat kodeksining 219 (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko`rsatish) va 244 moddalari (ommaviy tartibsizliklar). 22 soat o`tib 10 sutkaga hibsga olingani haqda aytdi. Shundan beri u haqda va uning qaerda saqlanayotganligi haqda xabar berishmayapti», — dedi u.

Dadaxon Haydarovning ota-onasi advokatning ma`lumotlariga tayanib, viloyatning Oltiariq va Kuva tumanlariga borishgan, lekin IIB xodimlari blogerning u erda saqlanmayotganini aytishgan.

«Keyin bizga uning Farg`ona viloyati IIBlaridan biridagi izolyatorda saqlanayotganligini va aniq qaerda ekanligini bilmasliklarini aytishdi», — dedi u.

Dadaxon Haydarov.

Sherali Eraliev — rasman ishsiz, lekin qishloq xo`jaligi sohasida faoliyat olib boradi, uning ayoli — shifokor. Uning so`zlariga ko`ra, Dadaxon Xaydarov ham rasman ishsiz, lekin oliy o`quv yurtiga o`qishga hujjat topshirishni rejalashtirgan.

«Gazeta.uz»  nashr vaqtigacha Bosh prokuraturadan rasmiy izoh olishga muvaffaq bo`linmagani aytilgan edi.

Shunidan so`ng Bosh prokuratura axborot xizmati rasmiy bayonot bilan chiqdi.

Xabar berilishicha , Farg`ona viloyati prokuraturasi tomonidan joriy yilning may oyida So`x tumanida sodir bo`lgan ommaviy tartibsizliklar va boshqa holatlar yuzasidan qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Tergov davomida 6 nafar shaxsga nisbatan JKning 219 va 244-moddalari bilan ayb e`lon qilinib, ularga “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

fuqaro Xaydarjon Boboxaydarov (bloger) jinoyat ishi bo`yicha gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, JPKning 226-moddasi tartibida ushlangan.  

Tergov davomida X.Boboxaydarovga prosessual huquq va majburiyatlari tushuntirilgan va himoya huquqi (advokat) ta`minlangan.

Ish bo`yicha haqiqatni aniqlashga to`sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.

 

    Boshqa yangiliklar