AsosiyIqtisodiyot

Qashqadaryoda iste`molchilar tomonidan 2 mlrd 366 ming so`mlik tabiiy gaz talon-taroj qilingan

'Qashqadaryoda iste`molchilar tomonidan 2 mlrd 366 ming so`mlik tabiiy gaz talon-taroj qilingan'ning rasmi

“O`zneftgazinspeksiya” Qashqadaryo hududiy bo`limi hamda “Hududgaz Qashqadaryo” gaz ta`minoti filiali mutaxassis xodimlari hamkorligida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanayotgan iste`molchilarni aniqlash maqsadida tezkor tadbirlar o`tkazib kelinmoqda. 

O`tgan 7 oy davomida, 113 ta holat aniqlanib, unga ko`ra, 2 mln 554 ming 200 m3 tabiiy gaz mahsuloti talon-taroj qilingan. Oqibatda, davlat byudjetiga 2 mlrd 366 ming so`mlik zarar etkazilgan. Aniqlangan 113 ta holat tahlil qilinganda, noqonuniy ulanshilarning 66 tasi Qarshi shahri, 19 tasi Shahrisabz shahri, 5 tasi G`uzor tumani, 7 tasi Qarshi tumani, 5 tasi Muborak tumani, 2 tasi Yakkabog` tumani, 4 tasi esa Chiroqchi tumanlari hissasiga to`g`ri kelmoqda. Ayni kunda ulgurji iste`molchilarga nisbatan tegishli choralar ko`rilib, keltirilgan zararni undirish yuzasidan ish hujjatlari huquqni muhofaza qilish organlariga topshirilgan. 

 

    Boshqa yangiliklar