1

Tezkor! Rasman: Kosonsoy tumanidagi "mahluq" g`ayritabiiy mavjudot emas!

Jamiyat 04.09.2020, 10:57
Tezkor! Rasman: Kosonsoy tumanidagi "mahluq" g`ayritabiiy mavjudot emas!

 So`nggi kunlarda Kosonsoy tumani Hurriyat mahallasida qandaydir noma`lum shaxs kechalari fuqarolar tinchini buzib, ularni qo`rqitib yurgani, uni ushlamoqchi bo`lishganida tomga qochib ketgani, u juda ham kuchli va chaqqon, hattoki to`rt oyoqda yurishi  haqida mish-mishlar tarqalmoqda.  

 Buning natijasida bir necha kundan beri aholi tinchi buzilgan. Hattoki ayollar va bolalar kechasi ko`chaga chiqishga qo`rqib qolishgan. Achinarlisi haqiqatga to`g`ri kelmaydigan, asossiz mish mishlar yashin tezligida butun tuman bo`ylab tarqalib ketdi.

Ayni paytda Kosonsoy tuman hokimligi axborot xizmati xabar berishicha, hozirda tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda va bu surishtiruvlar natijasida shu ayon bo`ldiki shov shuvlarga sabab bo`layotgan bu g`ayritabiiy mavjudot emas. Olingan izlar bu odam ekanligini ko`rsatmoqda. U hozirgacha hech qanday jinoiy ish (o`g`rilik, qotillik, shikast etkazish....) qilmagan. Shunday ekan ortiqcha vahima va qo`rquvga hojat yo`q.  

Ma`lumot uchun, aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma`lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66 mln 900 ming so`mdan 89 mln 200 ming so`mgacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1