Qarshi shahridagi Jurnalistlar uyida O`zbekiston mustaqilligining yigirma to`qqiz yilligiga bag`ishlab “Sen – qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O`zbekistonim!” shiori ostida o`tkazilgan “Eng ulug`, eng aziz” an`anaviy ko`rik-tanlovining viloyat bosqichi g`olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi o`tkazildi.
Ko`rik-tanlovga barcha nominasiyalar bo`yicha 64 ta badiiy asarlar kelib tushdi. Shulardan 20 tasi g`olib deb topilib qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlandi.






