1

Islom Karimovning 17 yillik haydovchisi sobiq prezidentdan nimalarni o`rganganligini aytib berdi

Jamiyat 06.09.2020, 12:52
Islom Karimovning 17 yillik haydovchisi sobiq prezidentdan nimalarni o`rganganligini aytib berdi

Mustaqillik asoschisi veb saytida O`zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovga haydovchilik qilgan G`ulomjon Hakimjonov xotiralari e`lon qilindi. 

" - Men 1999 yildan, 20 yoshimdan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov va u kishining oila a`zolariga haydovchilik qilganman. U kishi muttasil ishlar, xalq bilan uchrashar edi, ammo charchoq nima ekanini bilmas edi.

Islom Abdug`anievich olijanobligi, mehribonligi, talabchanligi va insoniyligi bilan nafaqat mening, butun O`zbekiston xalqining yuragidan  joy olgandi. Men o`zim u kishidan odamiylik, oqko`ngillik, isrofdan yiroq bo`lish va boshqa ko`plab fazilatlarni o`rganganman.

Birinchi Prezidentimiz qo`l ostidagi insonlarga shu qadar e`tiborli, g`amxo`r ediki, u kishi hatto farzandlarim nechanchi sinfda o`qishigacha yodda tutar edi. Men ana shunday ulug` insonga xizmat qilganimdan faxrlanaman," deydi G`ULOMJON HAKIMJONOV, asosiy avtoulov haydovchisi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1