1

"Tirikchilik va oila boqish" uchun o`zgalar salomatligi va hayotiga xavf solmang!

Jamiyat 06.09.2020, 13:13
"Tirikchilik va oila boqish" uchun o`zgalar salomatligi va hayotiga xavf solmang!

Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining "Instagram" va "Facebook"dagi sahifalarida yuqoridagi kabi yuk tashish qoidalarini buzgan holda boshqa harakat ishtirokchilariga halaqit berib, o`zi va o`zgalar salomatligini xavfga qo`ygan haydovchilar haqida maqolalar e`lon qilingan. 

Ushbu ogohlikka chorlovchi xabarlarga ayrim fuqarolar "tirikchilikda nima qilsin?", "oilasini boqayabdi" kabi izohlar qoldirishgan. 

" - To`g`ri bu "tirikchilik va oila boqish" uchun. Lekin, salomatlik va o`zgalar hayotichi?

Barcha harakat ishtirokchilaridan holatga to`g`ri baho berishlarini, yuk tashish qoidalarini buzish, og`ir oqibatli yo`l-transport hodisalariga sabab bo`lishi mumkinligi haqida ham o`ylab ko`rishlarini so`rab qolamiz.

YPX xodimlarining vazifasi amaldagi qoidalarda belgilangan talablar bajarilishini ta`minlash xolos. Ularning bu vazifasi majburiyat ekanligini ham unutmaslik lozim, " deyiladi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabarida.     

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1