1

SSV koronavirusdan yangi zararlanishlar va bemorlarning ahvol haqida ma`lumot berdi

Savol-javob 08.09.2020, 00:03
SSV koronavirusdan yangi zararlanishlar va bemorlarning ahvol haqida ma`lumot berdi

020 yil 7 sentyabr soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 43 975 (+82) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 72 nafari Toshkent viloyatida, 5 nafari Toshkent shahrida hamda yana 5 nafari Xorazm viloyatida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Qibray tumanida yashagan 70 yoshli R.T. (erkak) hamda Yunusobod tumanida yashagan 67 yoshli X.S. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 207 nafar, Toshkent viloyatida 91 nafar, Xorazm viloyatida 7 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Andijon hamda Farg`ona viloyatlarida 4 nafardan bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 41 594 (+317) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 027 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1