AsosiyJamiyat

O`zbekistonda bog`chalar qachon ochilishi ma`lum qilindi

'O`zbekistonda bog`chalar qachon ochilishi ma`lum qilindi'ning rasmi

7-14 sentyabr kunlari Toshkent va Toshkent viloyati tumanlarida bittadan 5-7 yoshli bolalar uchun maktabgacha ta`lim tashkilotlarining tayyorlov guruhlari ochilmoqda. 14 sentyabrdan boshlab ushbu jarayon mamlakat bo`ylab bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. 4-5 yoshli bolalar uchun o`rta guruhlar ochilishi oktyabr oyiga, 3 yoshli bolalardan iborat kichik guruhlar ochilishi esa noyabr oyiga rejalashtirilmoqda.  

Bu haqda Maktabgacha ta`lim vazirligi tomonidan o`tkazilgan anjumanda ma`lum qilindi.

– Ochilish muddatlari mamlakatdagi epidemiologik vaziyatga qarab o`zgarishi mumkin, – dedi maktabgacha ta`lim vaziri Agrippina Shin. – Elektron navbat faoliyati joriy yilning noyabr oyigacha ishlamay turadi.

Har bir guruhda tarbiyalanuvchilarning maksimal soni 15 nafar etib belgilanmoqda.

    Boshqa yangiliklar