Toshkent qishloq xo`jaligi texnikasi zavodida TZST CE 220 paxta terish mashina-transformeri namoyish etildi.
"Daryo" nashri yozishicha, CE-220 transformer shaklida ishlab chiqarilayotgan bo`lib, mavsumda paxta terish mashinasi sifatida qolgan paytda universal-haydov traktori sifatida foydalanish imkonini beradi. Shu bilan birga, mashina terimiga ajratilgan dalalarning qatorlar orasi kengligiga mos ravishda (76 sm yoki 90 sm) paxta terish mashinasi agregati kengligini sozlash mumkin.
2020 yilgi paxta terish mavsumiga 850 dona paxta terish mashinasi, jumladan, 550 dona TZST CE 220 ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Ma`lumotga ko`ra, tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan past foizli kredit mablag`lari hisobiga SE-220 rusumli paxta terish mashinalari 10 yil muddatga, MX-1.8 rusumli paxta terish mashinalari esa 7 yil muddatga ustuvor ravishda paxta-to`qimachilik klasterlari va fermer xo`jaliklariga etkazib berilmoqda. Mahalliylashtirish darajasi 20 foizdan oshdan taqdirda paxta-to`qimachilik klasterlari va fermer xo`jaliklariga 15 foizlik subsidiya beriladi, ya`ni to`langan mablag`ning 15 foizi davlat tomonidan qoplanadi.
Shuningdek, ularni lizing asosida xarid qilish imkoni mavjud. Paxta terim mashinalarining darajasi bugungi kunda 20 foizdan oshirilishiga erishilgan.