1

O`zbekiston davlat san`at muzeyi binosi rekonstruksiya qilinadi

Madaniyat 11.09.2020, 10:34
O`zbekiston davlat san`at muzeyi binosi rekonstruksiya qilinadi

O`zbekiston davlat san`at muzeyi binosini rekonstruksiya qilish loyihasining dizayn konsepsiyasi tasdiqlandi.

Hukumat komissiyasining bayonnomasi bilan dunyoga mashhur yapon me`mori Tadao Ando tomonidan ishlab chiqilgan O`zbekiston davlat san`at muzeyi binosini rekonstruksiya qilish loyihasining dizayn konsepsiyasi tasdiqlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Yakuniy loyiha 2020 yil oxiriga qadar taqdim etiladi. 2019-22 yillarda rejalashtirilgan O`zbekiston davlat san`at muzeyini rekonstruksiya qilish loyihasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Shahrisabz, T. Shevchenko va Yakka Chinor ko`chalari kesishmasida joylashgan muzeyga tutash bo`lgan xiyobonning hududi kengaytirish va modernizasiya qilish uchun O`zbekiston davlat san`at muzeyiga o`tkazildi. Qo`shimcha maydon Tadao Ando konsepsiyasini to`liq amalga oshirishga imkon beradi.

Qo`shimcha ajratilgan hududda shisha va betondan ishlangan va Tadao Ando me`morchiligi uchun xos bo`lgan umumiy maydoni 17 ming kvadrat metrdan ortiq bo`lgan yangi ko`rgazma galereyasi quriladi. Shu bilan birga, mavjud binoning tomida yashil terrasa barpo etiladi - yangi va eski binolarni ulash uchun xizmat qiluvchi oraliq joy.

Muzey binosini rekonstruksiya qilish muzeyning umumiy maydonini 25 000 kvadrat metrgacha etkazadi va shu bilan muzeyning ko`rgazma maydoni kengaytiriladi hamda zamonaviy talablarga javob beradigan yangi ombor paydo bo`ladi. Me`morlar I. Abdulov, A. Nikiforov, S. Rozenblyum tomonidan loyihalashtirilgan hozirgi muzey binosi 1974 yilda qurilgan va me`moriy yodgorlik hisoblanadi.  

Ushbu loyihaning alohida ahamiyati shundan iboratki, Tadao Ando tomonidan ishlab chiqilgan muzey binosini rekonstruksiya qilish loyihasi arxitekturadagi zamonaviy tendensiyalarni ob`ektning tarixiy qiymati va yaxlitligi bilan birlashtiradi hamda bugungi kunning ijtimoiy arxitekturasini aks ettiradi.

«Men ushbu muzeyning konsepsiyasi aylana va kvadratni o`zida mujassam etgan hamda birlashtirgan bo`lishini istardim. Men o`zida tarix va an`ana qadriyatlarini asosiy elementlarini mujassam etgan zamonaviy muzey yaratmoqchiman», - dedi Tadao Ando.

Tadao Ando dunyodagi eng taniqli me`morlardan biridir. 1995 yilda u arxitektura sohasidagi individual yutuqlari uchun «Pritsker mukofoti»ga sazovor bo`ldi. Tadao Andoning eng taniqli loyihalari - Parijdagi Fransua Pino Zamonaviy san`at jamg`armasining binosi, Venesiyadagi Punta della Dogana va Palazzo Grassi muzeylari binolari, Missuri (AQSh)dagi Pulitser San`at markazi, Quyosh ibodatxonasi (Yaponiya).  

Qayd etib o`tish lozimki, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi dunyoning etakchi muzeylari bo`lgan Luvr, Arab dunyosi instituti (Parij, Fransiya), Albertina (Vena, Avstriya), Jeyms Simon galereyasi (Berlin, Germaniya), Tretyakov galereyasi, «Ermitaj» (Rossiya) bilan yangilangan O`zbekiston davlat san`at muzeyida hamkorlik aloqalarini o`rnatish va qo`shma loyihalarni amalga oshirish bo`yicha kelishuvlarga erishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1