1

Ko`chada o`z farzandini do`pposlagan ota 5 sutkaga qamaldi

Jamiyat 27.04.2024, 23:12
Ko`chada o`z farzandini do`pposlagan ota 5 sutkaga qamaldi

Ijtimoiy tarmoqda o`zi bilan yashashni istamagan farzandini urayotgan otaning videosi tarqalgandi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, 2024 yilning 23 mart kuni Surxondaryo viloyati Denov tumanida tug`ilgan E. Ya. Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi tog`asiga tegishli qurilish mollari do`konida bo`lgan vaqtida otasi M. X. kelib, E. Ya. ni o`zi bilan olib ketishini aytgan. Bola u bilan ketishni xohlamasligini, otasi bilan onasining o`zaro janjallari sabab ular bilan birga yashamasligini ma`lum qilganida, otasi zo`rlik ishlatib olib ketmoqchi bo`lgan.

Mazkur holat bo`yicha tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilgan.

O`rganish davomida aniqlanishicha, bu oilada er va xotin o`rtasida o`zaro kelishmovchilik holatlari muntazam ravishda kuzatilganligi sababli joriy yilning 2 fevral kuni O`rta Chirchiq tumani IIB tomonidan M. X. ning tazyiq harakatlarini cheklash maqsadida uning turmush o`rtog`i S. M. ga himoya orderi berilgan.

O`tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasiga ko`ra, ma`muriy ish qo`zg`atilib, materiallar qonuniy hal etilishi uchun Jinoyat ishlari bo`yicha sudiga yuborilgan.

2024 yilning 27 aprel kuni M. X. sud tomonidan MJtKning 183 (Mayda bezorilik) va 185 (2) moddalari (Sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo`lgan ashyolarni olib yurish) bo`yicha aybdor deb topilib, unga 5 sutka qamoq jazosi tayinlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1