1

AQShda yashovchi vatandoshimiz O`zbekistondagi NAPA Texnoparkini sotib oldi

Iqtisodiyot 11.09.2020, 11:12
AQShda yashovchi vatandoshimiz O`zbekistondagi NAPA Texnoparkini sotib oldi

AQShda yashovchi vatandoshimiz Bobir Akilxanov O`zbekistondagi NAPA Texnoparkini sotib olibdi. Bu ayni paytda xizmatidan AQSh, Lotin Amerikasi va Evropaning yirik kompaniyalari va davlat idoralari foydalanayotgan, 20 yillik tajribaga ega taniqli ishbilarmon, investor - B. Akilxanov NAPA jamoasiga qo`shildi, deganidir. Buni qarangki, AQShda yashovchi vatandoshimiz axborot texnologiyalari bo`yicha biznes-maslahatchi bo`lib Forbes Tech Council ro`yxatiga kiritilgan birinchi o`zbek hisoblanar ekan.

NAPA TEAM kompaniyasi esa jarayonlarni avtomatlashtirish milliy assosiasiyasi hisoblanadi. Shuningdek, u axborot texnologiyalari, innovasiyalar va ta`lim sohasida faoliyatini olib bormoqda, ayniqsa, IT sohasidagi milliy kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish masalasiga katta e`tibor qaratadi. NAPA xususiy Texnopark sifatida mamlakatimizda tanilib, ta`lim sohasida NAPA Edu Hub IT Akademiyasini tashkil etdi. Loyihaga 1 million AQSh dollaridan ortiq mablag` jalb etilibdi.

Amerika bozorida katta talabda bo`lgan IT-mutaxassisliklarini o`z vatandoshlariga o`quv dasturi sifatida taqdim etishni rejalashtirgan B. Akilxanov ushbu noyob loyihaning ta`sischisiga va investoriga aylanganidan juda xursandligini hamda O`zbekistonda 1 million dasturchini tayyorlab O`zbekiston IT-jamiyati safiga qo`shishini aytdi.

Ushbu bilim yurti talabalarning ilk qabulini joriy yilning sentyabr oyidan boshlashni rejalashtirayotgan ekan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1