1

Qanday bolalar immuniteti past hisoblanadi va maktabga bormay turgani ma`qul?

Salomatlik 11.09.2020, 11:26
Qanday bolalar immuniteti past hisoblanadi va maktabga bormay turgani ma`qul?

Bugun AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing o`tkazildi. Unda koronavirus infeksiyasi profilaktikasi borasidagi savollarga javob qaytarildi.

Savol: Bog`cha va maktab xodimlari  farzandimiz tez-tez shamollovchi toifaga kiradigan bo`lsa, onlayn o`qishini taklif etishyapti. Bolalarning barchasi tez-tez shamollaydiku, xo`sh, qanday toifadagi bolalar xaqida so`z yuritilmoqda. Koronavirus kasalligi immunitetiga bog`liq deyilyaptiku, tushuntirib bersangiz?

–Bolalar kasallikka qarshi kurashish qobiliyatini (immunitet) homila davrida onadan oladi. Immunitet har bir organizmda individual shakllangan bo`ladi.  

Bir yoshgacha bo`lgan chaqaloqlarda esa immunitet ona organizmidan  ona suti orqali o`tadi va shuning natijasida bolada tabiiy immunitet hosil bo`ladi. Bu esa bolani turli kasalliklardan himoya qiladi.  

Tug`ilgandan so`ng bolada sun`iy immunitet hosil bo`lishi uchun bola profilaktik tarzda emlanadi. Natijada bola organizmida turli xil infeksion kasalliklarga qarshi immunitet paydo bo`ladi.

 Shuning  uchun birinchi navbatda homiladorlikni rejalashtirishdan avval ona o`z salomatligini tiklashi va sog`lom farzand dunyoga keltirishi uchun qayg`urmog`i kerak. Onaning salomatligi, homiladorlik davrini yaxshi kayfiyatda o`tkazishi bolaning sog`lig`i uchun muhimdir.  

1 yoshdan bola kasallikka qarshi kurashish qobiliyatini o`zi shakllantira boshlaydi. Uning organizmini salomatligiga qarab kasallikka qay tarzda uchrashi va uni kechirishi immunitetiga bog`liq bo`ladi.  

Bolada immunitetni qay darajada bo`lishi bir qator sabablarga bog`liq. Jumladan:

✔️ ona salomatligi;

✔️homiladorlikning kechishi;

✔️ irsiy kasalliklar;

✔️bolaning rivojlanishi;

✔️ona suti bilan oziqlanishi;

✔ turmush tarzi va hokazo.

 Immunitet qay tarzda shakllanganligi bola turli infeksiyaga duch kelganda namoyon bo`ladi,  ya`ni u bog`chaga borib, boshqa bolalar bilan aloqada bo`lganida.  

3 yoshgacha bo`lgan bolalar yiliga 4 martadan ko`p, 3 yoshdan yuqori bo`lgan bolalar yiliga 6 martadan ko`p  respirator kasalliklar ya`ni O`RVI (o`tkir respirator virusli infeksiya), gripp, bronxit kabi kasalliklar bilan kasallansalar bunday bolalar tez-tez kasallanuvchi bolalar guruhiga kiradilar.  

Yana go`dakda kamqonlik aniqlangan bo`lsa (qonda gemoglobin miqdorining kamayib ketishi) immunitet tizimi ish faoliyatini susaytiradi. Bunday bolalar shifokor nazoratida bo`lishlari va surunkali kasalliklari bo`lsa ularni muntazam ravishda davolatib turishlari zarur.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1