AsosiyJamiyat

Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2025-2026-o‘quv yili uchun test sinovlarida ishtirok etuvchi abituriyentlar endi “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olishlari mumkin.

'Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi'ning rasmi

2025-2026-o‘quv yili uchun test sinovlarida ishtirok etuvchi abituriyentlar endi “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olishlari mumkin. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi rasman ma’lum qildi.

Agentlik xabariga ko‘ra, abituriyentlar testga kirish ruxsatnomasini my.uzbmb.uz  saytida o‘zining shaxsiy identifikatsiya raqami, pasport seriyasi va raqami orqali yuklab olishlari mumkin.

Buning uchun saytdagi “Qayd varag‘i” bo‘limiga kirib, maxsus tugma orqali ruxsatnomani olish lozim.

Shuningdek, shaxsiy kabinetga kirmasdan ham ruxsatnomani olish imkoni bor.

Buning uchun  my.uzbmb.uz/allow/bachelor-allow sahifasiga kirib, JSHSHIR raqami va pasport ma’lumotlarini kiritish kifoya.

Ammo test sinovlariga faqatgina ID-karta yoki pasport va ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtda yetib kelgan abituriyentlargina kiritiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2025-26-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 25 iyun kuni yakunlandi.

Statistikaga ko‘ra, joriy yilda ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 732 411 nafarni tashkil etdi. Bu — so‘nggi 7 yildagi eng kam ko‘rsatkich hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar