AsosiyJamiyat

Rossiyada hujjatsiz ishlayotgan o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi

Ular qurilish obyektida kerakli hujjatlarsiz ishlagan.

'Rossiyada hujjatsiz ishlayotgan o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi'ning rasmi

Rossiyaning Mordoviya Respublikasi hududida joylashgan Kovilkino shahrida ichki ishlar xodimlari kerakli hujjatlarsiz qurilish obyektida ishlayotgan uch nafar O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi.

Qayd etilishicha, ushlangan migrantlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzilgan. Ular jami 9000 rubl (1 million 433 ming 595 so‘m) miqdorida jarimaga tortilib, xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan. Ularga shuningdek, Rossiyadan ma’muriy ravishda chiqarib yuborish jazosi tayinlangan. 

    Boshqa yangiliklar