Prezident Shavkat Mirziyoevning qizi, Saida Mirziyoeva o`g`il farzandli bo`ldi. Bu haqda uning o`zi telegramdagi sahifasida e`lon qildi.
" - Barchamiz uchun hali-hamon qiyin bo`lsa-da, hayot davom etmoqda. Odamlar to`ylarda xursandchilik qilmoqda, bolalar dunyoga kelmoqda. Biz ham ko`payishdik — jajji Shavkatjon, bizning quyoshimiz. Biz u bilan yaqinda tanishdik, lekin birinchi uchrashuvimizdayoq o`rtada shunchalar kuchli muhabbat paydo bo`ldiki, biz kuniga 24 soat birga bo`lamiz :) Onalar buning nima ekanini bilishadi, deydi S.Mirziyoeva.