AsosiyIqtisodiyot

Uzcard va Humo bankomatlari integrasiyalashtirilishi kutilmoqda

'Uzcard va  Humo bankomatlari integrasiyalashtirilishi kutilmoqda'ning rasmi

Yaqin vaqtlarda Uzcard va  Humo bankomatlari integratsiyalashtiriladi.

Yaʼni Uzcard egalari Humo bankomatlaridan yoki aksincha Humo kartasi  egalari Uzcard bankomatlaridan foydalanishlari yo‘lga qo‘yiladi. 

Bu borada «O‘zbekiston Respublikasida «Yashirin iqtisodiyot» ulushini qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Hukumat qarori (394-son, 20.06.2020 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan «Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tasdiqlanib, qator tadbirlarni amalga oshirish belgilandi. Jumladan:

- aholi uchun isteʼmol kreditlari ajratish tartibi yana-da soddalashtiriladi va takomillashtiriladi;

- barcha kadastr hujjatlari raqamlashtiriladi;

- “Humo” va “Uzcard” to‘lov tizimlari integratsiyalashtiriladi;

- QR-kod orqali amalga oshiriladigan to‘lovlarning ommabopligi oshiriladi va ko‘lami kengaytiriladi;

- moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi muqobil tashkilotlar rivojlantiriladi, «Nobank kredit tashkilotlari to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi ishlab chiqiladi

    Boshqa yangiliklar