AsosiyJamiyat

«Holatni juda yaxshi deb aytolmayman». Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi kasallikka chalinishlar soni ortayotganiga izoh berdi

'«Holatni juda yaxshi deb aytolmayman». Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi kasallikka chalinishlar soni ortayotganiga izoh berdi'ning rasmi

Hozirgi vaqtda o`zini-o`zi yakkalash tartibidan o`zini-o`zi himoyalash tartibiga o`tilishi kerak. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Abdusamatova intervyusida aytib o`tdi.

Suhbat davomida Barno Abdusamatovaning ma`lum qilishicha, dunyo bo`yicha pandemiyaning ilk bosqichlarida kasallanganlar soni 100 ming nafarga etishi uchun hafta kerak bo`lsa, hozir esa bu raqam soatlar ichida qayd etilmoqda.

“Mamlakatimizdagi hozirgi holatni juda yaxshi deb aytolmayman. Chunki ma`lumotlarga qaraydigan bo`lsak sentyabrning ilk kunida 343 nafar bemor qayd etilgan bo`lsa, 9-centabrda bu ko`rsatgich qariyb 406 nafarga oshdi. Odamlar, jumladan, bolalar ancha vaqt uyda bo`ldi, endilikda, karantindan chiqqanligi sababli ko`pchilikda bemalollik kuzatilmoqda. Karantin choralari yumshatilganidan keyin bozorlar, istirohat bog`lari, dam olish maskanlari ish boshladi. Aholimiz o`sha joylarga o`zlari va farzandlari bilan tezroq borishni ya`ni avvalgi hayot tarzidek yurishni xohlamoqda. Shuningdek, maktablarda yangi o`quv yilining boshlanishi munosabati bilan aholi o`rtasida o`zaro muloqotning ko`payishi, o`z navbatida, koronavirus xavfini ham kuchaytiradi”, – dedi shtab a`zosi.

Uning ta`kidlashicha, hozirgi davrda o`zini-o`zi yakkalash tartibidan o`zini-o`zi himoyalash tartibiga o`tilishi kerak.

«Unutmasligimiz kerakki, atrofimizda koronavirus bor ekan, biz, unga ko`nikib yashashni o`rganishimiz lozim Bu juda oddiy. Ijtimoiy masofani saqlash, uydan tashqarida niqob taqish, shaxsiy gigienaga rioya qilish, turmush tarzimizni o`zgartirib tibbiy madaniyatimizni oshirishimiz, sog`lom turmush tarzini olib borishimiz zarur», – dedi mutaxassis.

Ma`lumot uchun, O`zbekistonda 9-sentabr soat 23:30 dan 10-sentabr soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog`liq 749 ta holat qayd etilgan va bu so`nggi 39 kun ichidagi eng yuqori natija bo`lgan edi. 10-sentabr kuni esa 749 kishida koronavirus aniqlangan va bu ko`rsatgich eng ko`p kasallik aniqlangan kunlar orasidagi uchinchi natija bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar