1

Xalq ta`limi vaziri ijtimoiy tarmoqlarda ayrim maktablar tayyor bo`lmagani uchun ochilmadi degan gaplarga javob qaytardi

Jamiyat 14.09.2020, 08:23
Xalq ta`limi vaziri ijtimoiy tarmoqlarda ayrim maktablar tayyor bo`lmagani uchun ochilmadi degan gaplarga javob qaytardi

Xabaringiz bor, bugun, 14 sentyabrdan boshlab O`zbekistonda an`anaviy va masofaviy tarzda maktablarda yangi o`quv yili boshlandi. Sal avval Xalq ta`limi vaziri maktablar ochilishi bo`yicha qarorni faqatgina Mahalliy Kengash deputatlari qabul qiladi, degan edi. So`nggi kunlarda deputatlar tomonidan hududlarda olib borilgan o`rganishlar natijasida ayrim maktablarning ish faoliyatini boshlashi uchun hali to`liq tayyor emasligi haqida aytildi. Shundan so`ng ijtimoiy tarmoqlarda ochilishiga ruxsat berilmayotgan qator maktablarhaqida go`yoki hali o`quv yiliga tayyor emas ekan qabilida turli fikr va mulohazalar tarqaldi. Ayni paytda Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov ana shunday xabarlarga o`z munosabatini bildirdi:

"Oxirgi vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda birovni aybdor qilishga harakatlar ko`p kuzatilmoqda. Afsuski, bu bilan koronavirus pandemiyasi paytida ahvol yaxshilanib qolmaydi yoki u bilan bog`liq iqtisodiy qiyinchilik vaqtida maktablarga birdan juda katta qo`shimcha mablag`lar ajratilib qolmaydi.  

O`tgan ikki yilda davlat dasturlari bo`yicha maktablarni ta`mirlash va jihozlashga ajratilayotgan mablag`lar salmoqli ravishda oshdi. Mana o`tgan haftada davlat dasturi asosida mukammal ta`mirdan chiqqan maktablardan ba`zi lavhalarni ham quyidagi havola orqali ko`rsa bo`ladi. Lekin 10 mingga yaqin maktablarimizda va ularning uzoq hududlardagi filiallarida yig`ilib qolgan muammolar juda ko`p, shunga maktablarga qancha yordam bo`lsa shuncha yaxshi.

Prezidentimiz tashabbuslari bilan barcha bitiruvchilar o`z maktabiga yordam berishi o`ziga xos umummilliy harakatga aylanayapti. Masalan, Alisher Burxanovich Toshkent shahridagi 110-maktabni juda chiroyli qilib ta`mirlab berganlarini ko`pchilik ko`rdi. Boshqa bir qancha tadbirkorlar maktablarni to`liq rekonstruksiya qilib yoki yangi qo`shimcha binolar qurib berishdi. To`g`ri, hamma ham tadbirkor emas. Lekin, shunda ham kimdir kompyuter bilan yordam berdi, kimdir qo`shimcha kitoblar bilan. Bular hammasi 6,2 mln o`quvchilarimiz kelajagi uchun qo`shimcha investisiyadir.  

Yangi o`quv yili boshlanishi bilan ushbu xayrli ishlar yana davom etsa juda yaxshi ish bo`lar edi. Maktablarning an`anaviy ko`rinishda ochilishi o`qituvchi va murabbiylar kuni bayramigacha boradigan bo`lsa, bitiruvchilarimiz maktablariga borib, yordam berishlari bilan birga o`zlarining ustozlarini eslab, ham ulardan xabar olishsa, ustozlarning ham qalblari nurga to`ladi.

Ba`zi muhokamalarda maktab tayyor bo`lmagani uchun ochilmadi degan gaplarni aytishayotganiga guvoh bo`lib, yana bir bor eslatib o`tmoqchiman. Maktab ochilishiga ruxsatni Mahalliy Kengash maktab tayyorligidan tashqari ushbu maktabdagi o`qituvchilarning koronavirusga testlari natijalari va ushbu hududdagi epidemiologik holat hamda sog`liqni saqlash tizimi qo`shimcha kasal ko`payishiga bardosh bera olishidan kelib chiqib beradi.  

Ya`ni Toshkent shahridagi yoki viloyat markazidagi hamma imkoniyatlarga ega (jumladan, ko`pchilik iltimos qilib joylashga harakat qiladigan) maktabga ruxsat berilmay, uzoq hududdagi ahvoli nisbatan og`ir maktabga ruxsat berilishi mumkin.

Ruxsat berilmagan maktablarga ruxsat berish uchun joylarda mahalliy hokimliklar, xalq ta`limi va sog`liqni saqlash bo`linmalari mutassadilari tomonidan hamkorlikda ishlab vaziyat yaxshilanishiga harakat qilinadi,

-deb yozib qoldirgan vazir.

Eslatib o`tamiz, Qashqadaryo viloyati Kitob tumani maktablarida o`qish 14 sentyabrdan boshlanmasligi ma`lum qilindi. Shuningdek, Samarqand shahrida ham faqat 2 ta maktabga an`anaviy tarzda o`qishga ruxchat berlgan.

Mavzuga doir:

"Xalq ta`limi vazirligi "aqlli yurish" qilib, mas`uliyatni o`z zimmmasidan soqit qilmoqchi". Deputut Shermatovga qarshi chiqdi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1